Barcha yangiliklar
Mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Gallery image 47187
Gallery image 47188
Gallery image 47189
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
20 Iyun 2025
10:12

Mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

        Ayni kunlarda Toyloq tumanining barcha mahallalarida tuman hokimi, tuman Kengashi raisi tomonidan muammolar, bandlik, tomorqa, obobodonlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, obodonchilik ishlari bo‘yicha o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda. 

        Jumladan, bugun Toyloq tuman hokimi, tuman Kengashi raisi Bahodir Babonazarov tomonidan 1-sektor hududidagi Galabotir mahallasida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi tomorqasi va hududlarni obodonlashtirish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib boridi.

      O‘rganish davomida aholi tomorqalariga serhosil daromad beruvchi mahsulot ekish, aholi bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli va oqilona foydalanish, quyosh panellari o'rnatilishi holati ko‘zdan kechirildi. 

      O‘rganish ishlari hududning barcha mahallalarida davom etmoqda.