






🏫 “Ko‘ktepa” mahallasidagi 29-maktabda rekonstruksiya ishlari nazorat qilindi
📍 Ishtixon tumanida ijtimoiy sohalar rivoji, ayniqsa ta’lim infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar doimiy deputatlik nazoratida.
🔎 Shu maqsadda, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Rahimov va M.Umirova “Ko‘ktepa” mahallasida joylashgan 29-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o‘rgandilar.
🧱 Tashrif davomida:
- qurilish-ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani;
- o‘quvchilar xavfsizligi va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy infratuzilma yaratish rejalari;
- ishlarning belgilangan grafik asosida borishi va byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan axborot olindi.
👥 Deputatlar mahalla faollari va maktab jamoasi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladilar.
📌 Tashrif yakunida deputatlar:
“Bunday joyiga chiqqan nazorat tashriflari — ijtimoiy sohalardagi islohotlar monitoringi va muammolarni joyida hal etish uchun muhim vosita”, deya ta’kidladilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik — doimiy nazorat va ochiq muloqot asosida ta'minlanadi. 🤝📈