Barcha yangiliklar
Viloyatda sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz, fikri toza yosh avlodni tarbiyalashda har birimiz mas'ulmiz!
Gallery image 46737
Gallery image 46738
Gallery image 46739
Gallery image 46740
Gallery image 46741
Gallery image 46742
Gallery image 46743
Gallery image 46744
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
21 Iyun 2025
09:08

Viloyatda sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz, fikri toza yosh avlodni tarbiyalashda har birimiz mas'ulmiz!

Surxondaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan, maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish muhitini shakllantirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” ijrosini ta'minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyati bo‘yicha hududiy Kengashi hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamkorligida “Viloyatda sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz, fikri toza yosh avlodni tarbiyalashda har birimiz mas'ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengash rais o‘rinbosari Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Kravchenya Gennadiy Nikolayevich, universitet professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ma'ruzachilar yig‘ilish qatnashchilariga korrupsiya illati, uning kelib chiqish sabablari va ushbu jinoyatning oldini olish, shuningdek, yosh avlodni korrupsiya illatiga nisbatan toqatsiz ruhda tarbiyalash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.