Barcha yangiliklar
Kambag‘allikdan faravonlik sari
Gallery image 46728
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
20 Iyun 2025
17:52

Kambag‘allikdan faravonlik sari

 Bugungi kunda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida barcha joylarda bo‘lgani kabi Urganch shahrida ham har bir mahalla to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, “kambag‘al oilalar portreti” ishlab chiqilmoqda.

Ushbu dastur asosida Urganch shahar Kengashi deputatlari tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston” mahallasida kambg‘allik reestrida ro‘yxatda turgan, imoniyati cheklangan fuqaroni yashash sharoitlari, muammo va takliflari o‘rganildi.

Bugun o‘rganish yakuniga ko‘ra, shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.Ro‘ziboyev boshchiligida mazkur oilani imkoniyatidan kelib chiqib, kambag‘allikdan chiqarish maqsadida ushbu oilaga XAMIR ARALASHTIRGICH jihozi taqdim qilindi.

Bu xayrli ishga hissa qo‘shgan deputatlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.