Barcha yangiliklar
DEPUTAT XALQ ORASIDA!
Gallery image 46621
Gallery image 46622
Gallery image 46623
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
19 Iyun 2025
17:40

DEPUTAT XALQ ORASIDA!

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati B.X.Usmonov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi 1-umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida “Nuroniy” jamg‘armasidan kambag‘al oilalarga biriktirilgan 130 nafar faol nuroniylarga kambag‘al oilalarga biriktirilgan nuroniylarning vazifalari, har bir oilaning extiyojlaridan kelib chiqqan holda ularning muammolarini yechish usullari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdi. 

Kambag‘al oilalarga biriktirilgan faol nuroniylarning oilalarga yordam ko‘rsatish borasida yuzaga kelayotgan vaziyatlar va ularni hal etish choralari to‘g‘risidagi savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.