Barcha yangiliklar
⚡️⚡️ “Deputat va yoshlar”- muloqot va hamkorlik sari.
Gallery image 46255
Gallery image 46256
Gallery image 46257
Gallery image 46258
Gallery image 46259
Gallery image 46260
Gallery image 46261
Gallery image 46262
Gallery image 46263
Gallery image 46264
Gallery image 46265
Gallery image 46266
Gallery image 46267
Gallery image 46268
Gallery image 46269
Gallery image 46270
Gallery image 46271
Gallery image 46272
Gallery image 46273
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
18 Iyun 2025
11:23

⚡️⚡️ “Deputat va yoshlar”- muloqot va hamkorlik sari.

⚡️⚡️ “Deputat va yoshlar”- muloqot va hamkorlik sari.

Buxoro davlat pedagogika institutida joriy yilning iyun — Yoshlar oyligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, uning faol yoshlar jamoasi hamda mahalliy Kengashlar qoshida tashkil etilgan yoshlar maslahat guruhlari vakillari ishtirokida sermazmun uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim olishi, kasb egallashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu illatning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, yoshlar korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘lishi, halollik va adolat tamoyillariga sodiq qolishi, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishi lozim.

Bundan tashqari, yoshlar joylardagi aholining dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda deputatlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi, shuningdek, hududlardagi yoshlarning tizimli muammolarini bartaraf etish yuzasidan Oliy Majlis Senatiga asosli takliflar kiritib borishi lozimligi ta’kidlandi. Uchrashuv so‘ngida ushbu masalalar yuzasidan faol fikr almashildi.