Barcha yangiliklar
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi
Gallery image 46219
Gallery image 46220
Gallery image 46221
Gallery image 46222
Gallery image 46223
Gallery image 46224
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
18 Iyun 2025
10:42

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15- may kuni Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham muhim ustuvor vazifa topshiriqlar belgilab berildi. Ushbu topshiriqlarga asosan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Suvonova 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur dastur ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

“Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi to‘garak mashg‘ulotlar yoshlarning samarali yozgi ta’tilini tashkil etishga, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, qalblarida milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.