Barcha yangiliklar
NamMTI NEWS | Mehr-muruvvat va sahovat insonni ulugʻlaydi
Gallery image 4074
Gallery image 4075
Gallery image 4076
Gallery image 4077
Gallery image 4078
ABDULLAYEV ERGASHALI ABDUSATOROVICH
03 Dek 2023
12:00

NamMTI NEWS | Mehr-muruvvat va sahovat insonni ulugʻlaydi

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Davlat – inson uchun” gʻoyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yurtimizda bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Odiljon Mamatkarimov Uychi tumani Beruniy MFYda boʻlib, ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimizning holidan xabar oldi. 

Uchrashuv davomida xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurilib, ularga  zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari hamda oshxona jihozlari topshirildi.

Xonadon egalari koʻrsatilgan gʻamxoʻrlikdan mamnun boʻlishdi va duoga qoʻl ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik soʻrab tilak bildirdilar.