Barcha yangiliklar
Deputat va partiya kengashi hamkorligida
Gallery image 46171
ABDUMUMINOVA NAZIRA ABDULLAYEVNA
17 Iyun 2025
00:00

Deputat va partiya kengashi hamkorligida

Bugun insoniyat atrof-muhit, ekologiya bilan bog‘liq ulkan sinov qarshisida turibdi. Iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosining ifloslanishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik, cho‘llanish, o‘simlik va hayvon turlarining kamayishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi kabi o‘tkir ekologik muammolar butun insoniyatni, olimlarni o‘yga toldirmoqda. Qurg‘oqchilik, yerlarning degradatsiyasi, intensiv dehqonchilik amaliyoti va suvni noto‘g‘ri boshqarish, biologik xilma-xillik yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi kabi omillar bugun dunyoning 165 dan ortiq mamlakatlarini qamrab olgan. Demak, ushbu muammolar global xarakterga ega hisoblanadi. Ayniqsa, o‘rmonlarning ayovsiz kesilishi, yashillikning kamayishi, suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishi oqibatida qurg‘oqchilik va cho‘llanishning ortib borayotgani Yer sayyorasining hayot tarziga katta salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda