Barcha yangiliklar
Aholi bilan ochiq muloqot
Gallery image 46028
Gallery image 46029
Gallery image 46030
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
17 Iyun 2025
11:31

Aholi bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich joylarda aholi bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan samarali choralar ko‘rish maqsadida "Beshqo‘rg‘on" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

 Deputat mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish kabi masalalarga urg'u berdi.

 Shuningdek, fuqarolar tomonidan uy-joy kreditlariga oid takliflar, uy-joy kadastri hujjatlarini rasmiylashtirishda uchrayotgan texnik muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanishini ma’lum qildi.