Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 46007
Gallery image 46008
Gallery image 46009
Gallery image 46010
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
17 Iyun 2025
10:23

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Jurayevning Termiz shaharning “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda shahar Kengashi deputati D.Normuradovalar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida deputatlar tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.