Barcha yangiliklar
Sessiya oldidan muhokama: yoshlar salomatligi e’tiborda
Gallery image 45930
Gallery image 45931
Gallery image 45932
Gallery image 45933
Gallery image 45934
Gallery image 45935
Gallery image 45936
Gallery image 45937
Gallery image 45938
Gallery image 45939
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
16 Iyun 2025
17:12

Sessiya oldidan muhokama: yoshlar salomatligi e’tiborda

Mazkur yig‘ilishda tumandagi Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida sog‘liqni saqlash sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, xususan, yoshlar o‘rtasida yassioyoqlik va skolioz kasalliklarini erta bosqichda
aniqlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar tahlil qilindi. 

Deputatlik guruhining o‘rganishlari shuni ko‘rsatdiki, tumandagi qator maktablarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri jismoniy rivojlanish, bolalar uchun ortopedik profilaktika tadbirlarini kuchaytirish borasida aniq amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, maktablar va bog‘chalarni tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarni jalb etish, tibbiy ko‘riklarni yiliga kamida ikki marotaba o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ilgari surildi.