Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 4026
Gallery image 4027
Gallery image 4028
Gallery image 4029
Gallery image 4030
Gallery image 4031
Gallery image 4032
Gallery image 4033
Gallery image 4034
Gallery image 4035
Gallery image 4036
Gallery image 4037
XOLOV ISMOIL QURBONOVICH
06 Dek 2023
12:00

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi 102-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.  

Sessiyada ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 30 sentabrdagi SQ-401-IV-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, Yoshlar ishlari Jondor tumani bo‘limining 2023 yilgi faoliyati va 2024 yildagi rejalari to‘g‘risida hisoboti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-sonli Farmoniga muvofiq tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati kabi masalalalr ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi, tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘z ishini yakunladi.