Barcha yangiliklar



MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
16 Iyun 2025
16:06
Saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi binosida jamoatchilik asosida sayyor qabul o‘tkazildi. O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi O.O.Yusupova va deputat M.O.Tangriberganov tomonidan fuqarolar qabul qilindi. Qabulga 10 nafar fuqarolar murojaat bilan kelishdi. Ehtiyojmand oilalardan Chamanzor mahalla Sh.Rashidov ko‘chasi 1/1uyda yashovchi Xo‘jametova Mavluda Quranboyevna o‘z murojaatida 2013 yil 1 iyun kuni tug‘ilgan Masharipova Quvonchoy Qudrat qizini betob bo‘lganligi sababli tuman bolalar shifoxonasida yotqizib davolashtishda moddiy tamonlama qiynayotganligini bildirdi. Fuqaroning murojaati yuzasidan tuman tibbiyot birlamshmasiga so‘rovnoma chiqarib,davolashtishda amaliy yordam berish tushuntirildi.