Barcha yangiliklar
“Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.
Gallery image 45919
Gallery image 45920
Gallery image 45921
Gallery image 45922
Gallery image 45923
Gallery image 45924
Gallery image 45925
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
16 Iyun 2025
15:51

“Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi.

 “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi. 

  Maʼlumki, bir xalqning maʼnaviy darajasini aniqlashda, eng avvalo, uning ayollari,
onalari, opa-singillarining ilmga boʻlgan munosabati hal qiluvchi omil sifatida
qaraladi. Onaning savodli boʻlishi, kitobxonligi va dunyoqarashi farzandga,
undan esa butun jamiyatga taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun ham ayolning oʻqishi
– nafaqat uning shaxsiy rivojlanishi, balki kelajak avlodning kamol topishi
uchun ham muhimdir.
 

🟢Shuningdek, oila muhitida oʻqigan, maʼrifatli onaning boʻlishi – farzandlar tarbiyasida
bebaho omil sanaladi. Oʻqigan ona farzandini ilmga, kitobga, adolatga, mehnatga
yoʻnaltiradi. Ana shunda jamiyatimizda bilimli, yetuk, vatanparvar yoshlar
voyaga yetadi.
 

🔵Uchquduq tuman axborot kutubxona markazida har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar kuni”
munosabati bilan ijodiy kecha tashkil etildi. “Kitobxon onalar kuni” ning bu galgi mehmoni Jurnalist, ijodkor, bloger xalq deputatlari tuman Kengashi deputati va albatta kitobxon Laylo Karimova bo‘ldilar. Tadbirni Uchquduq tuman axborot kutubxona markazi direktori, tuman Kengashi deputati Marhabo Ravshanova olib bordi. Tadbir davomida ijkorning hayoti, olib borayotgan faoliyati hamda
o‘qigan kitoblari yig‘ilgan kitobxonlar uchun ochiqlandi va ular uchun zo‘r motivatsiya bo‘la oldi..