Barcha yangiliklar
Senator saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Gallery image 45867
Gallery image 45868
Gallery image 45869
Gallery image 45870
Gallery image 45871
Gallery image 45872
Gallery image 45873
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
14 Iyun 2025
16:35

Senator saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

     Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Zumrad Bekatova va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Mansur Urazbayev hamkorligida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

     Uchrashuvlarda Senatning yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish berildi. Hududda ishsizlikni bartaraf etish, yo‘l, transport va qishloq xo‘jaligi sohasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Aholining fikr va takliflari o‘rganilib, ularni tashvishlantirayotgan masalalar yuzasidan muloqot qilinib, savollariga atroflicha javob berildi. Bundan tashqari 10-Paxtakor saylov okrugi mahallalarida bo‘lib, “mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.