Barcha yangiliklar













ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
13 Iyun 2025
16:08
CHINOZ TUMANI. Sog’lom turmush tarzi targ’iboti davom etmoqda
Bugun "Paxtaobod" MFYda aholining salomatligini yaxshilash va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Chinoz tumani kengashi kotibiyat mudiri A.Bahromov, tuman Nuroniylar kengashi raisi M.Mirsodiqov, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va mahalla faollari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar sog’lom turmush tarziga rioya qilish, kasalliklarni oldini olish bo’yicha aholiga tushuntirish ishlarini olib borishdi. Shuningdek, fuqarolar tibbiy ko’rikdan ham o’tkazildi.