Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi - yoshlarga rag'bat!
Gallery image 45671
Gallery image 45672
Gallery image 45673
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
12 Iyun 2025
16:15

Deputat tashabbusi - yoshlarga rag'bat!

2024–2025 o‘quv yili so'ngida 201-sonli umumta’lim muassasasida “Zakovat” intellektual turnirining final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbirni samarali o‘tkazishda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali To‘lqinovich tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir yakunida deputat Imamov Sanjarali To‘lqinovich tomonidan turnir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu intellektual bellashuv nafaqat o‘quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, balki bilimini sinovdan o‘tkazdi, ularning tafakkur doirasini kengaytirish va fikrlash salohiyatini oshirishga xizmat qildi.