Barcha yangiliklar





SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
11 Iyun 2025
09:59
Karmana tumanida keksalar eʼtiborda
Karmana tumani hokimi, 25-Хаzora saylov okrugi deputati Valijon Adizov tegishli tashkilot rahbarlari va mahalla faollari bilan birgalikda “Mirsaid Bahrom” mahallasida faoliyat yuritayotgan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalarni kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman rahbari otaxon va onaxonlar bilan samimiy suhbatlashdi, ularga yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi va bu kabi insonparvar tashabbuslar ahamiyatini alohida taʼkidladi.