Barcha yangiliklar





TAUBAYEV KUVANISHBEK MIRZAKULOVICH
11 Iyun 2025
09:10
Deputat faoliyatidan
Joriy yilning 10 iyun kuni "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘cha oqsoqollari va mahalla faollari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Baxromova ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahallaning kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va obodonlashtirishga oid rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, har oy yakunida Kengash yig‘ilishini doimiy ravishda o‘tkazib borish kerakligi belgilab olindi. Ushbu yig‘ilishlar orqali mahalladagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va fuqarolarning takliflarini inobatga olgan holda tegishli chora-tadbirlarni belgilash rejalashtirildi.