Barcha yangiliklar
“Erta turmush – qadriyat emas!”
Gallery image 45187
Gallery image 45188
Gallery image 45189
Gallery image 45190
Gallery image 45191
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
10 Iyun 2025
08:35

“Erta turmush – qadriyat emas!”

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O‘zMTDP dan saylangan deputatlar D.Normuradova, S.Xodjayeva hamda M.Ruziyevalar tashabbusi bilan Termiz Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatli tibbiyot texnikumi talabalari ishtirokida “Erta turmush – qadriyat emas!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar oilada farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, o‘sib kelayotgan qizlarni oilaga tayyorlash, erta nikohni oldini olish va sog‘lom farzandni dunyoga keltirish masalalariga e’tiborni qaratish haqida alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, mavzu yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida fikr-mulohazalar almashildi.