Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 45032
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
05 Iyun 2025
17:40

Deputat nazorati

 #Dolzarb_90_kunlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik”ka oid vazifalar ijrosini oʻrganish maqsadida Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining deputati U.Abdunazarov shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida toʻgarak ishtirokchilari bilan dildan suhbatlashib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazish bo‘yicha reja asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, sport va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida o‘quvchilarni sevgan mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan voleybol va basketbol bo‘yicha sharoitlar yaratilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan
Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbariyatiga va shahar Sport bo‘limiga murojaat etildi. Ushbu masala deputat tomonidan nazoratga olindi.