Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi
Gallery image 44989
Gallery image 44990
Gallery image 44991
Gallery image 44992
Gallery image 44993
Gallery image 44994
Gallery image 44995
Gallery image 44996
Gallery image 44997
Gallery image 44998
Gallery image 44999
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
05 Iyun 2025
16:04

CHINOZ TUMANI. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi

Joriy yilning 3-iyun kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman prokurori, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari, g‘allachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masala Chinoz tumanida 2025-yil g‘alla mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga o‘t qo‘yish holatlarining oqibatlari, bunday harakatlar uchun nazarda tutilgan javobgarlik, talon-tarojlikni oldini olish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish to‘g‘risida Chinoz tumani prokurori G‘anisher Abdusalomovning axboroti eshitildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. Kengash qarorining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov