Barcha yangiliklar
TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 44849
Gallery image 44850
Gallery image 44851
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
04 Iyun 2025
17:05

TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2025- yilning 26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilan videoselektor yig‘ilishi tafsilotlari va unda belgilangan eng ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati yuzasidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Targ‘ibot tadbirlarida Davlatimiz rahbari tomonidan bugungi tahlikali va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganligi munosabati bilan tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi sur’at bag‘ishlash muhimligi qayd etilganligi hamda yig‘ilish davomida soha va hudud rahbarlariga bergan topshiriqlari to‘g‘risidagi ma’ruzasi haqida ma’lumotlar berildi.