Barcha yangiliklar
XALQ BILAN YUZMA-YUZ MULOQOT — ADOLAT SARI DADIL QADAM
Gallery image 44712
Gallery image 44713
Gallery image 44714
Gallery image 44715
Gallery image 44716
Gallery image 44717
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
24 May 2025
11:04

XALQ BILAN YUZMA-YUZ MULOQOT — ADOLAT SARI DADIL QADAM

Ayni vaqtda Toshkent davlat Transport universitetida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov boshchiligida keng qamrovli, mazmunan chuqur va insonparvarlik ruhiga yo‘g‘rilgan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda. 

Ta’kidlash joizki, bu — oddiy tadbir emas, balki aholining ehtiyoj va muammolarini bevosita tinglash, ularga joyida huquqiy asosda yechim topishga qaratilgan xalqparvarlik siyosatining amaliy ifodasidir. 

Sayyor qabulning asosiy maqsadi — aholini qiynab kelayotgan yoki uzoq vaqtdan bayon o‘z yechimini topmagan muammolarini o‘rganish, ularni qonun doirasida hal qilishdan iborat. Shu maqsadda tadbirda
tuman prokurori, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi, bank va sog‘liqni saqlash tizimi, shuningdek, boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etmoqdalar.