Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR MUROJAAT YUZASIDAN MUAMMOLARNI TEZKORLIK BILAN HAL ETDILAR
Gallery image 44690
Gallery image 44691
Gallery image 44692
Gallery image 44693
Gallery image 44694
Gallery image 44695
Gallery image 44696
Gallery image 44697
Gallery image 44698
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
29 May 2025
10:36

DEPUTATLAR MUROJAAT YUZASIDAN MUAMMOLARNI TEZKORLIK BILAN HAL ETDILAR

 Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari "Banokatiy" mahallasidagi murojaatlarni joyiga chiqqan holda o'rgandilar Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari A.Karimov va
X.Qayumovlar "Banokatiy" mahalla fuqarolar yig'iniga qarashli hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida joyiga chiqqan holda o'rganish ishlarini olib bordilar.
 

Xususan, Savr ko'chasining 4-tor 13-uyida olib borilayotgan qurilish ishlari natijasida mahalladagi asfalt yo'laklarning buzilgani, suv quvurlarining o'tkazilishi jarayonida qonuniylikka rioya qilinishi holatlari
o'rganildi. O'rganish davomida mahalla raisi N.Jumanova hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
 

Hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolarning murojaatlari asosida zarur choralarni ko'rish yuzasidan mutasaddilarga aniq tavsiyalar va maslahatlar berildi va tezkorlik bilan mas’ullar jalb etilib 24 soat ichida masala hal etildi. Deputatlar tomonidan bu kabi masalalar doimiy nazoratda bo'lishi ta'kidlandi.