Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi
Gallery image 44642
Gallery image 44643
Gallery image 44644
Gallery image 44645
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
03 Iyun 2025
16:45

Deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaga ham tumanimizning “Surxi” MFY fuqarolari hududda toza ichimlik suvi masalasida murojaat etishdi.Deputat M.Berdiqulova muammoni tezda o‘rganib chiqib, xalq vakillarining tashabbusi bilan mutasaddi tashkilotga murojaat etildi va “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tuman filiali hodimlari bilan birgalikda nosoz suv nasosi qayta ta`mirlanib suv yig`ish inshoati qayta ishga tushirildi va aholiga noqulaylik tug`dirayotgan muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal etildi.