Barcha yangiliklar
Farzandlarning kulgusi — bu ezgulik ovozi, ularning quvonchi — bu jamiyatning baxt mezoni.
Gallery image 44491
Gallery image 44492
Gallery image 44493
Gallery image 44494
Gallery image 44495
Gallery image 44496
Gallery image 44497
SHOPATIXOV UMIDJON FAYZULLO O‘G‘LI
31 May 2025
00:00

Farzandlarning kulgusi — bu ezgulik ovozi, ularning quvonchi — bu jamiyatning baxt mezoni.

1-iyun – mehr, g‘amxo‘rlik va sof muhabbat timsoli bo‘lgan ulug‘ kun. Bu sana — qalbi beg‘ubor, nigohi nurli, orzulari bepoyon bo‘lgan bolajonlar hayotiga, baxtli kelajagiga e’tibor qaratiladigan muqaddas damdir. Ular – hayotning eng go‘zal ilhomi, ertangi kunimizning porloq yulduzlari, yuragimizga quvonch baxsh etuvchi bebaho ne’matdir. Farzandlarning kulgusi — bu ezgulik ovozi, ularning quvonchi — bu jamiyatning baxt mezoni. Har bir bola mehrga loyiq, e’tiborga sazovor. Ularning har bir orzusi – biz uchun muqaddas majburiyat, har bir quvonchi – eng ulug‘ mukofotdir. Biz esa, kattalar, ularning orzulariga qanot, kelajagiga mustahkam poydevor bo‘lishimiz lozim. Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari U.Fayziyeva, A.Aminov hamda partiyamiz faollari G.Husanov, N.Toshniyozovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida bayram munosabati bilan bolajonlarga esdalik sovg'alari topshirildi.️ Keling, qalbimizdagi eng iliq tuyg‘ularni bolajonlarga atalgan samimiy tabassum, mehrli so‘z va g‘amxo‘rlik vositasida izhor etaylik. Ularning har bir kuni – bayramga, har bir bolalik xotirasi esa baxtga to‘lsin!