Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.
Gallery image 44295
Gallery image 44296
Gallery image 44297
Gallery image 44298
Gallery image 44299
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
30 May 2025
18:18

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yigʻilishida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, “Xududgaz Buxoro” gaz ta’minot filiali tuman bo‘limi, tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi rahbarlarining 2025-yil o‘tgan davr mobaynidagi faoliyatlari eshitildi. Yig‘ilishda tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglanib qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur masalalar yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari hamda takliflari tuman Kengashi qarori loyihasiga kiritilishi ko‘zda tutildi. Mazkur masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan.