Barcha yangiliklar
Sayyor qabullar davom etmoqda.
Gallery image 3797
Gallery image 3798
Gallery image 3799
Gallery image 3800
Gallery image 3801
Gallery image 3802
Gallery image 3803
NOROV JAMSHID ERKINOVICH
27 Noy 2023
12:00

Sayyor qabullar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari I.Xolov, R.Murodov hamda tegishli korxona va tashkilotlar hamkorligida tumanning "Navgadi" binosida qo‘shma “Sayyor qabul” tashkil etildi. 

Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam, bola nafaqasi, kontrakt to‘lovi, uy-joy ta’miri, obodonlashtirish, uy-joy olish uchun kredit, davolanish, dori-darmon hamda kommunal to‘lovlar kabi murojaatlar ko‘tarildi. 

Jumladan, Taraqqiyot ko‘chasida yashovchi М.Sharopova 2-guruh nogironi, turmushidan ajrashgan, bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, muntazam davolanishga muhtojligini inobatga olib deputat tomonidan moddiy yordam olishiga ko‘maklashildi. Shuningdek, О.Obilova, Х.Zoyirova, D.Baqoeva, M.Sharopova, M.Sharopova, G.Po‘latovalar muammolari yuzasidan deputat so‘rovlari tayyorlanib, murojaatlar deputatlar nazoratiga olindi.