Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
Gallery image 44059
Gallery image 44060
Gallery image 44061
Gallery image 44062
Gallery image 44063
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
16 May 2025
10:06

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining XII-sessiyasi sayyor tartibda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oqqo‘rg‘on tumanini 2024-2025-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qarorining joriy yil birinchi chorakdagi ijrosi muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning hisoboti eshitildi va tanqidiy, tahliliy muhokama qilindi.

Sessiya ishini ayni paytda viloyatimizda o‘zaro tajriba almashish maqsadida bo‘lib turgan Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining bir guruh deputatlari ham kuzatib bordi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videokonferensiya orqali ishtirok etdi va nutq so‘zladi.