Barcha yangiliklar
Toshkent viloyatida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganilmoqda
Gallery image 44029
Gallery image 44030
Gallery image 44031
Gallery image 44032
Gallery image 44033
Gallery image 44034
Gallery image 44035
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
07 May 2025
10:00

Toshkent viloyatida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganilmoqda

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Kutbiddin Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan joylarda jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha  ishlar o‘rganilmoqda.

Jumladan, ishchi guruh Toshkent viloyati prokuraturasi va IIBB masʼul xodimlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanidagi bir qator mahallalarda bo‘lib, hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, shuningdek, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida “mahalla yettiligi” tomonidan muammoli va notinch oilalarning aniq manzilli ro‘yxatini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tanqidiy muhokamalar o‘tkazildi. Shu bilan birga, masʼul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.