Barcha yangiliklar
YOSH DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Gallery image 43871
Gallery image 43872
Gallery image 43873
Gallery image 43874
Gallery image 43875
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
28 May 2025
00:00

YOSH DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Saidova yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda
bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning turli sohalarda tutgan o‘rni, ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan katta imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.

Bunday keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi – yosh avlodni jamiyat hayotida siyosiy jihatdan faol, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan, yuksak huquqiy madaniyatga ega fuqaro sifatida tarbiyalashdir.

Shu orqali fuqarolik jamiyatini yanada shakllantirish va rivojlantirishga erishish ko‘zda tutilgan. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.