Barcha yangiliklar





KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
28 May 2025
09:22
Deputat aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Joriy yil 27-may kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Abdusalik Kulbayev "Boyterak" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🔹Uchrashuv davomida muhim mavzulardan biri – to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, ortiqcha hashamat va dabdababozlikka chek qo‘yish masalasi bo‘ldi. Aholi o‘rtasida oddiylik va kamtarlikni targ‘ib qilish, turli ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni isrofgarchiliksiz, maqsadga muvofiq tashkil etish haqida gapirdi.
🔹 Mamlakatimizda oilaviy marosimlar tartibiga oid qabul qilingan qaror va tavsiyalar mazmunini yoritib, bu boradagi amaliy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirar ekan, yoshlar tarbiyasida ham namuna bo‘lish muhimligini ta’kidladi.