Barcha yangiliklar









ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
24 Apr 2025
19:32
Eksportyor korxona faoliyati o‘rganildi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardaev Oqdaryo tumanida bo‘lib, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumandagi eksportyor korxona faoliyati o‘rganildi.
Jumladan, Oqdaryo tumani Chorbog‘ mahallasi hududidagi "HAKAN AGRO INVEST" MCHJning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab eksportga yo‘naltirish loyihasining bugungi kundagi holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan bildirilgan takliflar va muammolari joyida muhokama etilib, kerakli tavsiya va tushuntirishlar berildi.