Barcha yangiliklar
Kattaqoʻrgʻonlik nuroniylar Samarqandga sayohat qilishdi
Gallery image 43349
Gallery image 43350
Gallery image 43351
Gallery image 43352
Gallery image 43353
Gallery image 43354
Gallery image 43355
Gallery image 43356
Gallery image 43357
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
24 May 2025
10:24

Kattaqoʻrgʻonlik nuroniylar Samarqandga sayohat qilishdi

Kattaqoʻrgʻonlik nuroniylar Samarqandga sayohat qilishdi  

️Bugun shahrimizdagi bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar uchun Samarqand shahri boʻylab maʼnaviy-maʼrifiy sayohat va ziyorat tadbiri tashkil etildi. 

Shahar boʻylab sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon, Xoʻja Doniyor hamda boshqa diqqatga sazovor va qadimiy qadamjolarda boʻlishdi.

️Shuningdek, yaqinda foydalanishga topshirilgan viloyat “Nuroniylar maskani”ga tashrif buyurgan hamshaharlarimizni viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi rahbari Shuhrat Negmatov boshchiligidagi masʼullar iliq kutib olishdi. Ushbu maskanda dildan suhbat qurgan nuroniylar shaxmat va shashka oʻyinlarida ham faol ishtirok etdilar va madaniy dasturlarda mazmunli hordiq oldilar.   

Albatta, bu kabi koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxurlik uchun nuroniy otaxon va onaxonlar oʻz minnatdorchiligini bildirib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini tilab duo qildilar.