Barcha yangiliklar
SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRLARI BOSHLANDI
Gallery image 43336
Gallery image 43337
Gallery image 43338
Gallery image 43339
Gallery image 43340
Gallery image 43341
Gallery image 43342
Gallery image 43343
Gallery image 43344
Gallery image 43345
SALIMOV DAVLATBEK XAKIMJON O‘G‘LI
23 May 2025
10:17

SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRLARI BOSHLANDI

SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ TADBIRLARI BOSHLANDI

️Bugun oʻquv yili yakunlangani munosabati bilan ilk “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirini shahrimizdagi Ixtisoslashtirilgan maktab boshlab berdi. Tadbirga shahar hokimi Gavhar Alimova, maktab jamoasi, ota-onalar ishtirok etdilar. 

Unda soʻz olgan shahar hokimi yangi hayot sari qadam qoʻyayotgan yoshlarni muborakbod etdi va kelgusida oliy taʼlimda oʻqishni davom ettirishlari, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan komil insonlar boʻlib voyaga yetishlarini tiladi.

️Tadbir davomida oʻtgan yillar davomida maktabning faoliyati, erishilgan yutuqlari haqida soʻz yuritildi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat tiladilar.

 2022-yildan faoliyatini boshlagan taʼlim dargohida 436 nafar oʻquvchi tahsil olib kelmoqda. Oʻquvchilarda 95 ta milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlar mavjud.

Shuningdek, tadbirda faol va yutuqlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga hamda ota-onalarga shahar hokimligining tashakkurnomasi topshirildi.