Barcha yangiliklar
"Deputat mahallada"
Gallery image 43248
Gallery image 43249
Gallery image 43250
Gallery image 43251
Gallery image 43252
XOSILMURODOV NURSULTON NURALIYEVICH
26 May 2025
20:50

"Deputat mahallada"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati V.Isakov o‘zi saylangan 11-“Tinchlik” saylov okrugiga qarashli shaharning «Xayrobod» MFY va “Tinchlik” MFYdagi "mahhalla yettiligi" xodimlari ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va shaharda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida aytib o‘tdi.

Deputat uchrashuv jarayonida hududdagi mavjud muammolarni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha ishtirok etayotgan tegishli davlat organlari vatashkilotlari xodimlarining fikrlarini eshitdi hamda muammolarni bartaraf etish choralarini muhokama qildi. Saylovchilar mahalladagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr bildirishdilar va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini ham berishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan aholining moddiy, ijtimoiy, iqtisodiy va shu kabi boshqa muammolari borligi aniqlandi, shuningdek, o‘z yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tegishli davlat organi va tashkilotga “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan deputat so‘rovi yuborishga kelishib olindi.