Barcha yangiliklar
Ilm – eng buyuk sharaf!
Gallery image 43211
Gallery image 43212
Gallery image 43213
Gallery image 43214
Gallery image 43215
Gallery image 43216
Gallery image 43217
IRZAYEV JURABEK XUSHVOQ O‘G‘LI
24 Apr 2025
00:00

Ilm – eng buyuk sharaf!

JARANGLAYDI SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ

Bitiruvchilar hayajonda, ustozlar esa yana bir qaldirg‘ochi manzilni tark etayotganidan qalblari quvonch va taskinga to‘la. 

Bugun "So‘ngi qo‘ng‘iroq" jarang sochib, bitiruvchilarni katta hayot ostonasiga kuzatmoqda. Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi raisi Fayzulla Yusupov 2-sonli umumiy o‘rta maktabida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi va ularga katta hayot yo‘lida muvaffaqiyat va zafarlar tilab, maktab bitiruvchilariga samimiy tilaklari tushurilgan kitoblar to‘plamlarini sovg‘a qildi.

Ko‘zlarda quvonch yoshlari bilan  tinglangan  qo‘ng‘iroq sadolari har bir maktab bitiruvchisining qalbida o‘chmas xotiralarni qoldiradi.