Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 43004
Gallery image 43005
Gallery image 43006
Gallery image 43007
Gallery image 43008
Gallery image 43009
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
22 May 2025
00:00

DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Hamroyeva va Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari F.Hojiyev hamda R.Jo‘rayeva shuningdek tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va sohadagi kamchilik hamda muammolarni o‘rganish yuzasidan shahar Tibbiyot birlashmasida o‘rganish olib borildi. Muassasaning ta’mirlanganlik holati, sanitar holati, Ish vaqtida muassasaning har bir qavati yo‘laklari va xonalarini yetarli yoritish tizimi bilan ta’minlanganligi, Muassasa ichkarisida aholining kutishi uchun qulayliklar yaratilganligi, Tibbiyot muassasasida yetishmaydigan moddiy texnika bazasi, Tibbiyot muassasasining toza ichimlik suvi va oqava suv tizimi bilan ta’minlanganligi darajalari o`rganildi. O‘rganish davomida soha vakillariga tegishlicha tavsiyalar berildi.