Barcha yangiliklar
Yurt ravnaqi ta’lim istiqboli bilan mushtarak
Gallery image 42972
Gallery image 42973
Gallery image 42974
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
19 May 2025
10:03

Yurt ravnaqi ta’lim istiqboli bilan mushtarak

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy Kengash deputatlariga belgilab berilgan vazifalarni jamoatchilikka tatbiq qilish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Xolmuminov tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida tarix fakultetining professor o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida davlatimiz rahbari tomonidan qayd etilgan fikr-mulohazalar universitet talabalariga tag‘ibot qilinishi belgilab olindi.