Barcha yangiliklar
Deputatlar bitiruvchi yoshlarga omad tiladilar!
Gallery image 42642
Gallery image 42643
Gallery image 42644
Gallery image 42645
Gallery image 42646
Gallery image 42647
XAMROKULOV ASHRAFJON XABIN O‘G‘LI
24 May 2025
11:21

Deputatlar bitiruvchi yoshlarga omad tiladilar!

 Bugun barcha
hududlarda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tumanimizdagi barcha
umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirlarda Xalq deputatlari Jomboy
tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etdilar. Deputatlar tomonidan
bitiruvchi yoshlarga hayotda o‘z yo‘llarini topish, katta orzular sari dadil
qadam tashlash, yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yetuk
mutaxassislar bo‘lib yetishishlari tilandi.Shuningdek, tadbirlar davomida
deputatlar tomonidan bitiruvchilarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda
topshirildi. Bu sovg‘alar yoshlar uchun nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan
ham muhim bo‘lib, ularning maktab davrini yodda saqlashlari, kelgusidagi
hayotlarida ilhom manbai bo‘lishi shubhasiz.Xalq deputatlari Jomboy tuman
Kengashi yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishga, ularning porloq kelajagi
yo‘lida har doim tayanch bo‘lishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.