Barcha yangiliklar
Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya
Gallery image 42460
Gallery image 42461
Gallery image 42462
XUDOYQULOVA GULNORA UBAYDULLAYEVNA
23 May 2025
16:59

Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya

Ta’lim sifatiga e’tibor — kelajakka sarmoya

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashi deputatlari B.Abralov Mitan mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputatlar maktabdagi o‘quv jarayonlari, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi hamda darslarning sifati bilan qiziqishdi. Maktab pedagogik jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, bitiruvchi yoshlarni kasb tanlash, oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.