Barcha yangiliklar
TOSHKENT TEMURBEKLAR MAKTABIDA “BAYROG‘IMIZ-G‘URURIMIZ” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI
Gallery image 3668
Gallery image 3669
Gallery image 3670
Gallery image 3671
Gallery image 3672
KARIMOV AVAZ AZIZDJANOVICH
20 Noy 2023
12:39

TOSHKENT TEMURBEKLAR MAKTABIDA “BAYROG‘IMIZ-G‘URURIMIZ” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

 Yoshlarimizda Vatanimizning shaʼni, xalqimizning g‘urur va iftixorini o‘zida aks ettirgan davlat bayrog‘iga
nisbatan muhabbatini kuchliroq shakllantirish maqsadida 18-noyabr bayrog‘imiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Mirobod tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi, Xalq deputatlari tuman Kengashi ishtirokida Toshkent Temurbeklar maktabida “Bayrog‘imiz-g‘ururimiz” mavzusida o‘tkazilgan tadbir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
 

Darhaqiqat litsey o‘quvchilari tomonidan Jaloliddin Manguberdining mardonavor jasorati, Amir Temurning
bayroqni ko‘z qorachig‘iday asrab, qanchalik eʼtibor bilan ardoqlagani va har bir g‘alabaga erishishida uning bayrog‘i oldingi saflarda butun askarlarga g‘urur iftixor, kuch quvvat bag‘ishlaganini sahnaviy ko‘rinishda namoyon etishgani quvontirdi.
 

Shuningdek, davlat bayrog‘ini yaratilish tarixini sahna ko‘rinishlari bilan yoritib, bayroqning davlat
ramzlaridan biri sifatida buyuk ahamiyatga ega ekkanligini sheʼriy chiqishlari bilan tavsiflab berishdi.
 

Tadbir nihoyasida Toshkent Temurbeklar maktabida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlari bilan tanishilib va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputati, 11-Lokomativ saylov okrugi deputati G.Qulmatova tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmalarini sovg‘a qildi.