Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi
Gallery image 42130
Gallery image 42131
Gallery image 42132
Gallery image 42133
Gallery image 42134
Gallery image 42135
Gallery image 42136
Gallery image 42137
Gallery image 42138
ISMOILOV XIMOYIDDIN ABDURASUL O‘G‘LI
19 May 2025
10:02

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi

19-may kuni Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi. Kun tartibida deputatlar 15 ta masalani ko‘rib chiqdilar.

Xususan, ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi kabi masalalarda mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan tegishli javoblarni oldi hamda har bir masala yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi. 

Sessiya ishi Termiz tumani hokimligi Axborot xizmatining Instagramdagi rasmiy sahifasida (https://www.instagram.com/reel/DJ1hOMJsyqJ/?igsh=b2cwYTk5OGRlZHM1) to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.