Barcha yangiliklar
Deputat ijtimoyi soha obʼektlarida
Gallery image 42007
Gallery image 42008
Gallery image 42009
Gallery image 42010
Gallery image 42011
TURAYEVA RA’NO AMONOVNA
23 May 2025
08:46

Deputat ijtimoyi soha obʼektlarida

       Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 15- may kuni “Макtab ta'lim tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish hamda kelgusi ustuvor vazifalar"ga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida mahalliy Kengashlar deputatlariga ham muhim ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 22- may kuni Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati, Oliy Majlis senati aʼzosi  A.Tumishova  tomonidan
9- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim sifati, davomat,  muammo va kamchiliklar, maktabda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari, kompyuter, moddiy texnika bazasi, kutubxona holat, toʻgaraklar oʻtish holati, laboratoriya xonalarining jihozlari bilan taʼminlanish holati koʻzdan kechirildi.