Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI.
Gallery image 41949
Gallery image 41950
Gallery image 41951
Gallery image 41952
Gallery image 41953
Gallery image 41954
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
22 May 2025
21:49

CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI.

Majlis kun tartibidagi masala, tumanda sanitar-epidemiologik holat, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan “Toza hudud” DUK tuman filiali rahbari U.Muratov, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i va tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Sh.Xudoyberdiyevlarning hisobotlari eshitildi. 

Kun tartibidagi masala muhokamasida deputatlar A.Arslonov, R.Raxmatov, X.Arabbayevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Doimiy komissiya majlisi yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Doimiy komissiya a’zosi Abdurashid Arslonov