Barcha yangiliklar




XUDAYBERDIYEVA MOXIDIL NORBOYEVNA
22 May 2025
10:24
Tibbiyot muassasasi deputat nazoratida
- Ayni kunlarda xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan
tibbiyot yo‘nalishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy
soha obyektlarining sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha shahar miqyosida
amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi joylarga chiqqan holda
o‘rganilmoqda. Jumladan, 20-Muruntov saylov okrugidan saylangan deputat E.Tursunov tomonidan Zarafshon
shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli Muruntov oilaviy shifokorlik punkiti faoliyati o‘rganildi.
Ushbu tibbiyot muassasasida sog‘liqni saqlash tizimining rivojlantirishiga oid davlat dasturlarining bajarilishi,
kasalliklar profilaktikasining holati, fuqarolarga ko‘rsatiliyotgan tibbiy
yordamning sifati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni
shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Deputat
tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.