Barcha yangiliklar
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati jarayonlari olib borilmoqda
Gallery image 41331
Gallery image 41332
Gallery image 41333
Gallery image 41334
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
20 May 2025
12:53

"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati jarayonlari olib borilmoqda

Mahalla faoliyatini isloh qilish, mahalla aholisining murojaatlarini mahallaning o'zida hal etish, mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolari oʻrganish va amaliy yordam berish mahalla farovonligining asosiy omillaridan biridir. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengash deputati O'ktam Tangirov Xo'jayuz mahallasida "mahalla yettilgi" bilan o'tkazilgan uchrashuvda yo'qoridagi masalalar yuzasidan suhbat o'tkazildi. Suhbat jarayonida ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlashga a'lohida etibor qaratish, ularning muammolarini joyiga chiqgan holda o'rganish, mahallada aholi murojaatlari yuzasidan tahliliy ma'lumotlar tayyorlagan holda murojaatlarning mahalla yettiligi bilan birgalikda hal etish choralarini ko'rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvlar o'tkazishdan asosoiy maqsad xalqning roziligiga erishish hamda aholi muammolarini mahallaning o'zida hal etish.