Barcha yangiliklar
"3-Charx Kamolon" mahallasida MFY raisi saylandi
Gallery image 41271
Gallery image 41272
Gallery image 41273
Gallery image 41274
Gallery image 41275
Gallery image 41276
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
20 May 2025
10:36

"3-Charx Kamolon" mahallasida MFY raisi saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o'rni va ahamiyatini yanada oshirish, aholining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bu yil ushbu saylovlar yangi huquqiy asoslar va yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilmoqda.  

Shuningdek, tumanimizning "3-Charx Kamolon" mahallasida ham fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayonlarida komissiya a’zosi xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Donoxon Mahmudova ishtirok etdi.

Fuqarolar jamoat asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etgan holda, mahallaning keyingi 5 yillik taraqqiyotiga munosib rahbarni saylashdi.  

Saylov natijasiga ko‘ra nomzodlar orasida eng ko’p ovoz olgan Sattorov Abduqodir Zoxidovich MFY raisi etib saylandi.